Donald Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili deb e'lon qildi

1 daqiqa o'qish347
Donald Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili deb e'lon qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakat tarixida ilk bor ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi Oq uy. Farmonda umumiy til "umummilliy qadriyatlarni mustahkamlaydi" va "yaxshiroq jamiyat yaratadi" deb ta'kidlangan. ​

Shuningdek, Tramp 2000-yilda sobiq prezident Bill Klinton tomonidan imzolangan, federal idoralar va federal budjetdan yordam oladigan barcha tashkilotlardan ingliz tilini bilmaydigan fuqarolarga tarjimada yordam ko'rsatishni talab qiluvchi farmonni bekor qildi. Endi boshqa tillarda xizmat ko'rsatishni xohlaydimi yoki yo'qmi — idora rahbariyatlari o'zlari hal qiladi. ​

Ma'lumotlarga ko'ra, AQShning 30 dan ortiq shtatlari allaqachon ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olgan edi, ammo federal darajada bu birinchi marta amalga oshirilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?