Rossiya armiyasi Pokrovskni o‘qqa tutdi: qurbonlar bor

1 daqiqa o'qish727
Rossiya armiyasi Pokrovskni o‘qqa tutdi: qurbonlar bor
Rossiya armiyasi 10-mart kuni Pokrovsk shahriga ikki marta hujum uyushtirdi, deb xabar berdi "Sospilne. Donbass" nashri Donetsk viloyati prokuraturasi matbuot kotibi Anastasiya Medvedevaga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bosqinchilar front chizig‘idagi shaharga tungi soatlarda va soat 11:00 atrofida yana bir bor zarba bergan. Birinchi hujum natijasida 76 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Keyingi hujumda esa 37 yoshli erkak yaralangan bo‘lib, uning son qismida o‘q parchasi borligi aniqlangan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar Pokrovskga qanday turdagi qurollar bilan zarba berilganini aniqlamoqda. Biroq hujum oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar borligi sababli prokuratura urush qonun-qoidalarini buzish bo‘yicha tergov ishlarini boshladi (Ukraina Jinoyat kodeksi 438-moddasining 1 va 2-qismi).

Ma’lumki, 2025-yil mart oyi boshida Pokrovskda hali ham 3 mingdan ortiq fuqaro qolmoqda. Bir hafta ichida shaharni tark etishga 500 ga yaqin odam rozi bo‘lgan. Shu bilan birga, Rossiya kuchlari shaharni bombardimon qilishda davom etmoqda.

Shuningdek, rossiyalik harbiylar Donetsk frontida taktikani o‘zgartirib, Pokrovsk yo‘nalishidagi hujumlarni kamaytirgan, biroq Toretsk yo‘nalishida kuchlarini oshirayotgani qayd etilgan. Bu holat Ukraina Qurolli Kuchlarining taktika jihatidan erishgan yutuqlari bilan bog‘liq.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?