Sovet ittifoqi qochqini Oleg Gordievskiy vafot etdi

1 daqiqa o'qish1.1K
Sovet ittifoqi qochqini Oleg Gordievskiy vafot etdi
Buyuk Britaniyada 86 yoshli sobiq KGB polkovnigi va sovet ittifoqi qochqini Oleg Gordievskiy o'z uyida vafot etdi, deb Tengrinews.kz xabar berdi.

U Moskvada NKVD xodimining oilasida tug'ilgan, MGIMOni tamomlagan va KGBning Birinchi bosh boshqarmasiga xizmatga kirgan. Daniya va Buyuk Britaniyada sovet agenti sifatida faoliyat yuritgan. 1974 yilda Kopengagenda MI6 tomonidan yollangan va ko'p yillar davomida Londonga SSSR haqida qimmatli ma'lumotlar yetkazgan.

1985 yilda Londondan Moskvaga chaqirib olinib, unga shubha bildirilgan. U Moskvadan Leningradga, u yerdan Finlyandiya chegarasiga qochib, britan diplomatlari yordamida chegaradan o'tgan. SSSRda davlatga xiyonatda ayblanib, sirtdan o'lim jazosiga hukm qilingan.

2007 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tomonidan milliy xavfsizlikka qo'shgan hissasi uchun Sankt-Maykl va Sankt-Jorj ordeni bilan taqdirlangan. U G'arb maxsus xizmatlarining eng muhim ma'lumot yetkazuvchilaridan biri hisoblangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?