257 yo‘lovchi bilan uchgan samolyot pilot tufayli qaytdi

1 daqiqa o'qish1.8K
257 yo‘lovchi bilan uchgan samolyot pilot tufayli qaytdi
22-mart kuni United Airlines aviakompaniyasining Los-Anjelesdan Shanxayga uchayotgan reysi havoda burilib, ortga qaytdi. Bunga sabab — uchuvchilardan biri pasportini uyda unutib qoldirgani bo‘ldi, deb xabar beradi Nova24.uz CNN manbasiga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 257 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Parvozdan ikki soat o‘tib, samolyot San-Fransiskoga qaytgan.

“Pilotda pasport yo‘q edi. Biz yangi ekipaj tashkil qildik va mijozlarimizni o‘sha kunning o‘zida manzillariga yetkazdik. Yo‘lovchilarga ovqatlanish uchun vaucherlar va kompensatsiya berildi,” — deya bayonot berdi aviakompaniya.

To‘rt soatdan so‘ng San-Fransiskodan yangi ekipaj parvozni davom ettirib, Shanxayga taxminan olti soat kechikib yetib bordi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?