Xitoyda 20 ta robot 120 nafar raqqos bilan birga raqsga tushdi (video)

Xitoyning Shanxay shahrida 2026 yil 22 sentyabr kuni WorldSkills xalqaro kasbiy mahorat musobaqasining ochilish marosimida 20 ta odamsimon robot 120 nafar yosh raqqos bilan bir sahnada chiqish qildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar berdi.
Namoyish davomida robotlar insonlar bilan uyg‘un harakatlanib, vals va zamonaviy raqs elementlarini ijro etdi. Ular raqs sheriklari bilan yaqin masofada harakatlanib, murakkab harakatlarni ham bajardi.
«Kelajak nuri» deb nomlangan chiqishni tayyorlash uchun bir necha oy davomida mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Robotlarning harakatlarini raqqoslarnikiga moslashtirish uchun harakatni qayd etish texnologiyalari, sensorlar va maxsus boshqaruv tizimlaridan foydalanilgan.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, robotlar va insonlar ishtirokidagi ushbu chiqish texnologiya hamda inson ijodkorligi uyg‘unligini namoyish etishga qaratilgan.






























Izohlar 0
…