
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampning Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shib olish borasidagi bayonotiga izoh berdi.
«Bu bir qarashda kimnidir hayron qoldirishi mumkin. Buni Amerikaning yangi ma’muriyatini qandaydir ekstravagant bayonoti deb qabul qilish katta xato. Aslida AQSHda bu kabi reja XIX asrning 60 yillarida paydo bo‘lgan. Amerika ma’muriyati o‘shandayoq Grenlandiya va Islandiyani anneksiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Ammo bu g‘oya kongressda qo‘llab-quvvatlov olmagan», — deydi Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Grenlandiyaga nisbatan rejalari jiddiy va ular o‘zlarining harbiy strategik manfaatlarini Arktikada ham ilgari surishni boshlaydi.
Putinning ta’kidlashicha, Arktikadagi xalqaro hamkorlik «yaxshi davrini boshdan kechirmayapti». Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mintaqada teng huquqli hamkorlik tarafdori.
«Biz nafaqat Arktika davlatlari bilan, balki biz kabi sayyoraning barqaror kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan, uzoq muddatli va muvozanatli qarorlar qabul qila oladigan barcha mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», — deydi Putin.
Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatidan beri Grenlandiya AQSH tarkibiga qo‘shilishi kerakligi haqida gapirib keladi. Uning aytishicha, «Grenlandiya ustidan nazoratni o‘rnatish — AQSH milliy xavfsizligi uchun zarur». Tramp, shuningdek, orolni qo‘lga kiritish uchun iqtisodiy yoki harbiy kuch ishlatish imkoniyatini ham istisno etmagan. Ushbu bayonotlar fonida Daniya Grenlandiya mudofaasi uchun xarajatlarni oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar