Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi

1 daqiqa o'qish1.8K
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Petergof hududida 30 mart kuni 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi, deb Uz24.uz xabar berdi.

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, Xalturina ko‘chasida olti-yetti nafar erkak o‘zbekistonlik migrantni do‘pposlab, yaqin atrofda turgan avtomobilga majburan o‘tqazib olib ketgan. Jabrlanuvchining yonida bo‘lgan tanishi ham ular bilan birga mashinaga o‘tirgan. Shundan so‘ng ular voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Oradan bir necha soat o‘tib, jabrlanuvchining ukasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar telefon orqali bog‘lanib, akasini qaytarish evaziga 40 ming rubl miqdorida tovon puli talab qilgan.

Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?