Investorlar AQSHdan ommaviy tarzda pul olib chiqmoqda — iqtisodiyot muzlab qolish arafasidami?

1 daqiqa o'qish1.8K
Investorlar AQSHdan ommaviy tarzda pul olib chiqmoqda — iqtisodiyot muzlab qolish arafasidami?
Amerikada xavfli (junk) obligatsiya va kreditlarga sarmoya kirituvchi fondlar so‘nggi haftada misli ko‘rilmagan chiqimni boshidan kechirdi.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, faqat bir haftada AQSH fondlaridan 16 milliard dollar pul qaytarib olindi. Bu – JPMorgan ta’rificha, rekord darajadagi ko‘rsatkich.

“Tramp bojlari” sarmoyadorlarni xavotirga soldi
Investorlar chiqishi 2 aprelda Tramp tomonidan e’lon qilingan yangi tariflar fonida boshlandi. Unga ko‘ra, AQSH asosiy savdo hamkorlariga, xususan Xitoy tovarlariga 145 foizgacha boj joriy etishni rejalashtirmoqda.

Qisqa muddatlik barqarorlik 10 apreldagi "tariflar kechiktiriladi" degan xabarlar bilan tiklangan bo‘lsa-da, ertasi kuni bozorda yana pessimizm hukm surdi.

Tavakkalsiz bozorda kim qarz oladi?
Xavfli obligatsiyalar – bu moliyaviy ahvoli zaif, foizlari yuqori bo‘lgan kompaniyalar chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar. Investorlar ushbu kompaniyalarga kredit berishi evaziga yuqori daromad kutadi.

Ammo sarmoyadorlar xavfdan qo‘rqib, pulni qaytarib olayotgan bir paytda bu kompaniyalar uchun pul topish murakkablashadi. Yo pul umuman bermaydi, yoki faqat og‘ir foizlar evaziga beradi.

Natijada, ko‘plab firmalar bankrot bo‘lishi mumkin, bu esa zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ladi: bankrotliklar → kamaytirilgan investitsiyalar → iqtisodiy muzlash → ishsizlik.

Siz nima deb o‘ylaysiz — AQSH iqtisodiyoti ushbu bosimga qancha chidam bera oladi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?