AQSH: “Ukrainada o‘t ochish to‘xtamas ekan, Rossiya bilan kelishuv bo‘lmaydi”

1 daqiqa o'qish596
AQSH: “Ukrainada o‘t ochish to‘xtamas ekan, Rossiya bilan kelishuv bo‘lmaydi”
AQSH Ukrainadagi urush to‘xtamas ekan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yengillashtirmaydi va ikki tomonlama kelishuvlarga kirmaydi, deb 15 aprelda Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus bildirdi.

“Bu qirg‘in to‘xtamaguncha, hech qanday muzokaralar yoki kelishuvlar bo‘lmaydi”, — dedi Bryus jurnalistlarga.

U Rossiyaning Sumiga qilgan raketali hujumi (35 kishi halok bo‘lgan) tinchlikni kim istaydi va kim istamasligini yaqqol ko‘rsatib qo‘yganini ta’kidladi. Bryus urushni “hech narsa o‘zgarmaydigan go‘sht maydalagich” deb atadi.

WSJning yozishicha, AQSHda Trampga yaqin shaxslar — davlat kotibi Marko Rubio va Ukraina bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellog — Trampni Putinning “diplomatik niyatlari”ga ishonib qolmaslikka chaqirgan.

Oq uyda esa shunday savol muhokama qilinmoqda: Rossiyani tinchlik muzokaralariga majburlash uchun sanksiyalar yanada kuchaytirilishi kerakmi?

Siz qanday deb o‘ylaysiz — Rossiyani muzokaraga olib kelish yo‘li qaysi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?