
Rossiyaning Kaliningrad shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyda to‘rt nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Marhumlarning jasadi Gagarin ko‘chasidagi 22-uydan topilgan. Tergovchilar dastlab ularning o‘limida jinoiy alomatlar aniqlamadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xonadon salkam bir oy avval ijaraga olingan bo‘lib, unda ishlash maqsadida O‘zbekistondan kelgan to‘rt nafar erkak yashab turgan. Qo‘shnilar marhumlar haqida faqat ijobiy fikr bildirishdi.
“Juda osoyishta odamlar edi. Har kuni soat 8:30 da ishga ketar, kechqurun soat 9 larda qaytardi. Faqat eshik yopilishi eshitilardi, o‘zi jim-җit xonadon edi”, — deb esladi qo‘shni Lyudmila.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Kaliningrad viloyati tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ijaraga berilgan uyda gaz jihozlariga noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgani ehtimoli bor.
Bu holat yuzasidan "Ehtiyotsizlik oqibatida inson o‘limiga sabab bo‘lish" moddasi asosida jinoyat ishi ochilgan. Tergov ishlari viloyat prokuraturasi nazoratida. Agar uy egasining aybi isbotlansa, u 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar