“Qabrim oddiy bo‘lsin”: Papa Fransisk hayotdan qanday ketdi va nima vasiyat qildi?

1 daqiqa o'qish1.2K
“Qabrim oddiy bo‘lsin”: Papa Fransisk hayotdan qanday ketdi va nima vasiyat qildi?
Vatikanda katta sog‘inch va yuraklarni zirqiratib yuborgan xabari e’lon qilindi: Rim papasi Fransisk insultdan keyingi koma va yurak to‘xtashi sababli olamdan o‘tdi, deb ma’lum qildi Vatikan sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Andrea Arkanjeli.

Pontifik hayotining so‘nggi soatlari
Papa Fransisk 2025 yil 21 aprel kuni, o‘z qarorgohi — Kasa-Santa-Martada vafot etdi. U 88 yoshda edi.

Fevral oyi o‘rtalarida u bronxit tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, keyinroq esa holati yanada og‘irlashib, unda ikki tomonlama o‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya) aniqlangan. Papa bir necha bor sun’iy nafas apparatiga ulangan.

Fransisk 23 mart kuni, 38 kunlik davolanishdan so‘ng Vatikanga qaytgandi. Vafotidan atigi bir kun oldin, 20 aprel kuni u Avliyo Pyotr maydonida jamoat oldida so‘nggi marta ko‘rinish berib, yig‘ilgan katoliklarni Pasxa bayrami bilan tabriklagan edi.

Vidolashuv marosimi va dafn
Rim papasi bilan vidolashuv marosimi 23 aprel kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr saborida bo‘lib o‘tadi. Fransiskni dafn qilish esa 25–27 aprel kunlari oralig‘ida amalga oshirilishi kutilmoqda. Ana shu aniq sanani katolik cherkovi kardinallari belgilaydi.

Fransiskning vasiyati — hech qanday dabdaba yo‘q
Papa Fransisk 2022 yil iyun oyida vasiyatnoma yozgan va unda u Santa-Mariya-Majore bazilikasidan joy olishini istaganini bildirgan. U dafn marosimi xarajatlari xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ham alohida ta’kidlagan.

Eng qizig‘i — u qabriga oid dizaynni ham o‘z vasiyatida tavsiflab ketgan:

“Qabr yerda, oddiy bo‘lsin. Hech qanday zinapoya yoki bezaklar shart emas. Unda faqatgina bitta so‘z — Fransisk — deb yozilsa bas,” — deyiladi pontifikning vasiyatida.

Papa Fransisk o‘z hayotini kamtarlik, bag‘rikenglik va muhabbat bilan o‘tkazdi. Siz uni qanday xotiralar bilan eslaysiz?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?