Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hokimiyatni farzandlariga meros qilib qoldirmaydi. U bu haqda Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Diydoraziz nashri.
Davlat rahbari hokimiyat almashish jarayoni mamlakat konstitusiyasida qayd etilganini aytdi. «Farzandlarimga hokimiyatni meros qoldirishni mo‘ljallamaganman. Menimcha, bu biz uchun emas. Hokimiyat almashish jarayoni mamlakat konstitusiyasida yozib qo‘yilgan», — dedi u. Nazarboyev 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida ishtirok etishi haqidagi savolni ochiq qoldirdi.
«2020 yilgacha ishlashda davom etaman, 2020 yilda esa siz bilan uchrashamiz», — dedi 76 yoshli prezident.
Nursulton Nazarboyev 1991 yilda umumxalq saylovida prezidentlikka saylangan. 1995 yilda referendum natijalariga ko‘ra uning vakolat muddati 2000 yilgacha uzaytirilgan. U 1999 va 2005 yilgi saylovlarda qaytadan prezident etib saylangan. 2007 yilda Qozog‘iston konstitusiyasiga kiritilgan tuzatishga ko‘ra, Nazarboyevga mamlakatning birinchi prezidenti sifatida davlat rahbarligiga saylovlarda cheksiz qatnashish huquqi berildi. U 2011 va 2015 yillarda yana prezident etib saylandi.
Qozog‘iston konstitusiyasiga binoan, prezident muddatidan oldin lavozimini tark etsa yoki chetlatilsa hamda vafot etsa, prezident vakolatlari parlament senati (yuqori palata) raisiga o‘tadi.
Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a 2016 yil sentyabrda senatning xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha muntazam qo‘mitasining raisi etib tayinlangan. O‘rtancha qizi Dinara Kulibaeva turmush o‘rtog‘i Timur Kulibaev bilan Qozog‘istondagi ikkinchi yirik bankni boshqaradi. Kenja qizi Aliya esa qurilish biznesi bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi