date
views 66

Rossiyadan Ukrainaga dronlar bo‘yicha navbatdagi rekord zarba

Rossiyadan Ukrainaga dronlar bo‘yicha navbatdagi rekord zarba
18 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga tarixdagi eng keng ko‘lamli dron hujumini amalga oshirdi. Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, bir kechada 273 ta dron uchirilgan — bu urush boshlanganidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ulardan atigi 88 tasi Ukraina havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

Qayd etilishicha, dronlarning 128 tasi maxsus imitator qurilmalar bo‘lgan — ularning maqsadi Ukraina mudofaa tizimlarini chalg‘itish bo‘lgan.

Eng ko‘p zarba Kiyevga berildi

Hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev va unga tutash hududlar bo‘ldi. Poytaxtda havo trevogasi 8 soatdan ortiq davom etdi. Obuxov tumanidagi hujum oqibatida 28 yoshli ayol halok bo‘ldi, to‘rt yoshli bola, 59 yoshli erkak va 61 yoshli ayol turli darajada jarohat oldi. Dronlar xususiy uyni qisman vayron qildi, ko‘p qavatli turar joy binosiga ham zarar yetdi.

Fastovda yong‘in va yo‘qotishlar

Fastov tumanidagi dron hujumi mahalliy zavodda yong‘in keltirib chiqardi. Omborxona va tibbiyot markazi butunlay vayron bo‘ldi. 5000 kvadrat metrlik binolarning kulga aylangani tasdiqlandi.

Shuningdek, Donetsk va Dnepropetrovsk viloyatlarida ham dronlar zarbasi qayd etilgan. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Zarba Tramp–Putin muloqoti oldidan bo‘ldi

Rossiyaning bu tarkibli hujumi AQSH prezidenti Donald Trampning Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashish rejasi ma’lum bo‘lganidan so‘ng amalga oshirildi. Trampning keyingi kun Vladimir Zelenskiy bilan ham muloqot qilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadan Ukrainaga dronlar bo‘yicha navbatdagi rekord zarba