
Xitoyning Shanxay shahrida yaqin kunlarda mamlakatda ilk bor itlarga mo‘ljallangan zamonaviy fitnes-markaz – Gogogym ish boshlaydi. Ushbu markaz uy hayvonlari sohasidagi yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, markaz Singapurda joylashgan Heal Petcare kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. U hayvonlar salomatligi va reabilitatsiyasiga ixtisoslashgan mutaxassislar guruhi ishtirokida ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.
Markazda itlar uchun maxsus yugurish yo‘laklari, spa va massaj xonalari, reabilitatsiya zonasi hamda savdo do‘koni faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, hayvonlar uchun mo‘ljallangan kompleks mashg‘ulotlar va individual parvarish kurslari taklif etiladi.
Muassasa tashabbuskorlari aytishicha, fitnes-majmua orqali itlar salomatligini saqlash, semizlik va boshqa xastaliklarning oldini olish, shuningdek, jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini yengillashtirish maqsad qilingan.
Uy hayvonlari sohasi Xitoyda yildan yilga izchil o‘sishga erishmoqda. Bugungi kunda bu bozorning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Gogogym markazi ushbu bozordagi innovatsion yondashuvlardan biri sifatida qaralmoqda.
Zamin.uz tahririyati hayvonlar parvarishi va zamonaviy veterinariya sohasidagi yangiliklarni yoritishda davom etadi. Siz bunday fitnes markazlarini O‘zbekistonda ham bo‘lishini xohlarmidingiz?
XitoyShanxayGogogymFitnes-markazHayvonlar SalomatligiReabilitatsiya ZonasiInnovatsion YondashuvUy HayvonlariParvarish Kurslari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar