
AQSH hukumati dunyodagi strategik harbiy ustunligini yanada mustahkamlash maqsadida yangi avlod yadroviy qurolini ishlab chiqdi. Energetika vaziri Kris Raytning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar B61-13 deb nomlangan gravitatsion yadro bombasining birinchi prototipini ishlab chiqarishni to‘liq yakunladi. Bu jarayon rejalashtirilgan muddatdan deyarli bir yil oldin amalga oshdi.
Sovuq urushdan keyingi eng tez qurol
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi bomba 360 kilotonnagcha quvvatga ega va “Sovuq urush” davridan beri eng tez tayyorlangan va rasman qabul qilingan yadroviy qurollardan biriga aylangan. B61-13 versiyasi avvalidagi B61-12 modelining yangi tahriri bo‘lib, yuqori aniqlik va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.
Qalqondan ko‘ra — dastafka
Kris Rayt bu yutuqni AQSHning yangi global xavfsizlik sharoitidagi qo‘rqinchli tahdidlarga javob berish qobiliyati sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, “Tinchlik orqali kuch” strategiyasiga sodiq Qo‘shma Shtatlar yangi qurol bilan nafaqat raqiblariga, balki ittifoqchilariga ham o‘z harbiy salohiyatini ochiq namoyish etmoqda.
Mustahkam nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan
B61-13 turkumi asosan mustahkam obyektlar — yerosti bunkerlari, strategik komandalar punkti va infratuzilma markazlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Uning boshqaruv tizimi yuqori aniqlikda ishlaydi va ko‘p bosqichli himoya xususiyatlari bilan farqlanadi.
Zamin.uz tahririyatidan:
B61-13ning yaratilishi yadroviy qurollanish poygasining yangi bosqichini boshlab berishi mumkin. Jahondagi qutblar va xavfsizlik muvozanati yana sinov ostidami? Bu haqda qanday fikrdasiz — kuch orqali tinchlik amalga oshadimi?
Foto: Department of Energy
AQSH HukumatiYadro QurolGravitatsion BombaSovuq UrushXavfsizlik SharoitiHarbiy SalohiyatMustahkam ObyektlarAniqlik TizimiQurol Yaratilishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar