AQSh vizasi o‘zbekistonliklar uchun yengillashtirilishi mumkin

1 daqiqa o'qish1.2K
AQSh vizasi o‘zbekistonliklar uchun yengillashtirilishi mumkin
O‘zbekistonda AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin, deb xabar bermoqda Nova24.uz.

15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “2025–2026-yillarda turizmning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmonga ko‘ra, 2025-yil oktabr–noyabr oylarida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” turizm forumi va 2026-yil aprel oyida “Yo‘nalish — Qoraqalpog‘iston” forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Farmonda, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligiga AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy etish hamda o‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasini yengillashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash topshirig‘i berilgan. Takliflar 3 oy muddatda kiritilishi lozim.

Bundan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolariga O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muddatga ichki hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma (jumladan 16 yoshga to‘lmaganlar uchun “bolalar pasporti”) asosida kirish imkonini yaratish ham rejalashtirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?