Qozog‘istonda CryptoCity loyihasi ishga tushadi

1 daqiqa o'qish248
Qozog‘istonda CryptoCity loyihasi ishga tushadi
Qozog‘istonda kriptovalyutadan erkin foydalanish mumkin bo‘lgan tajriba hududi — CryptoCity tashkil etiladi, deb PROFIT manbasiga tayanib Nova24.uz xabar berdi.

Loyiha mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokaev tomonidan AIF2025 xalqaro forumida e’lon qilindi. Prezidentga ko‘ra, bu hududda kriptovalyuta orqali savdo qilish, xizmatlar uchun to‘lash va kundalik ehtiyojlarni qoplash mumkin bo‘ladi.

Tokaev, shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng qudratli superkompyuterning Qozog‘istonga yetkazilganini va ishga tushirilayotganini ma’lum qildi. U mamlakat sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratayotganini va uni akademik hamda innovatsion markazga aylantirishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madievning so‘zlariga ko‘ra, CryptoCity uchun ehtimoliy joylar sifatida Alatau aqlli shahri, Borovoe kurorti yoki Ostona EXPO hududi ko‘rib chiqilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?