date
views 208

Trampga bobosidan xotira: Merkel hujjat topshirdi, Sholts taklif berdi

Trampga bobosidan xotira: Merkel hujjat topshirdi, Sholts taklif berdi
Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Germaniya kansleri Olaf Sholts AQSH prezidenti Donald Trampga kutilmagan sovg‘a taqdim etdi. U Trampning bobosi — Fridrix Trampning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasini olib kelgan. Hujjat nemis va ingliz tillarida bo‘lib, unda Fridrix Trampning 1869- yilda Germaniyaning Kallshtadt qishlog‘ida dunyoga kelgani qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning bobosi 16 yoshida Amerikaga ko‘chib o‘tgan, u yerda ismini Frederik Tramp deb o‘zgartirgan va Klondaykdagi oltin izlovchilar yashovchi hududda mehmonxona ochib, katta boylikka ega bo‘lgan.

Donald Tramp esa bu borada ko‘p gapirmaydi. U ko‘proq onasining shotland millatiga mansubligini tilga oladi, ammo otasining tomoni — ayniqsa nemis ildizlari haqida deyarli lom-mim demaydi.

Sholts nafaqat hujjat taqdim etdi, balki AQSH prezidentini o‘z bobosining vatani — Kallshtadtga tashrif buyurishga ham taklif qildi. Qiziq tomoni shundaki, ilgari sobiq kansler Angela Merkel ham Trampga aynan shunday taklif bilan chiqqan edi, biroq o‘sha vaqtda bu tashrif amalga oshmagan.

Bu safar ham Trampning ushbu taklifga qanday javob berishi hozircha noma’lum. Biroq nemis tomoni AQSH prezidenti o‘z ildizlariga nazar tashlab, tarixiy bog‘lanishni jonlantirishiga umid bildirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga bobosidan xotira: Merkel hujjat topshirdi, Sholts taklif berdi