“Meduza” asoschisi Timchenko qidiruvga berildi

1 daqiqa o'qish513
“Meduza” asoschisi Timchenko qidiruvga berildi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi “Meduza” internet-nashri asoschisi Galina Timchenko va “Exo Moskvy” radiosining sobiq xodimi Aleksandr Plyushchevni qidiruvga berdi, deb kun.uz xabar bermoqda.

Timchenkoga nisbatan Rossiya jinoyat kodeksining “nomaqbul tashkilot faoliyatini tashkil qilish” moddasi bilan ish ochilgan. Rossiya hukumati “Meduza”ni aynan shunday tashkilot deb e’lon qilgan.

Plyushchevga nisbatan qanday ayblov qo‘yilgani ma’lum emas. U o‘zining Telegram-kanalida 11 iyun kuni: “Mana, men ham qidiruvdaman”, deb yozgan.

2022 yil oktyabr oyida Rossiya Adliya vazirligi uni “chet el agenti” deb e’lon qilgan edi. Shundan beri Plyushchev faoliyati yuzasidan hisob bermaganligi va materiallarga tegishli belgilarni qo‘ymagani sababli bir necha bor jarimaga tortilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?