
Eron rasmiysiga ko‘ra, mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga suiqasd uyushtirishga urinishi uchun Isroil tovon to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu haqda u Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Prezident Pezeshkiyonning o‘ziga nisbatan suiqasd qilinganini avvalroq ma’lum qilgan edi. Ushbu hujum 12 kunlik harbiy to‘qnashuv paytida amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u paytda davlat rahbari Isroilning hujumlariga qanday javob qaytarish masalasini muhokama qilayotgan yig‘ilishda bo‘lgan.
Ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil aviatsiyasi Eron Oliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi o‘tayotgan binoga zarba bergan. Manbalar bu operatsiyani “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohga nisbatan amalga oshirilgan suiqasdga o‘xshatmoqda.
Hujum chog‘ida Isroil samolyotlari binoga kirish-chiqish yo‘llarini nishonga olib, evakuatsiya yo‘llarini to‘sgan. Rasmiylar shoshilinch chiqish eshigi orqali binodan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Ana shu paytda Pezeshkiyonning oyog‘iga shikast yetgani aytilyapti.
Eronlik amaldorning fikriga ko‘ra, ushbu hujum Isroilning mamlakat ichida siyosiy tuzumni izdan chiqarish rejasining bir qismi bo‘lgan.
Shu bilan birga, Pezeshkiyon ushbu voqeada AQSHning aloqasi bor, degan fikrni rad etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar