
Xitoy hukumati musodara qilingan smartfonlarni buzish va ulardan ma’lumotlarni chiqarib olish uchun yangi qurilmadan foydalanmoqda, deb TechCrunch xabar berdi.
TechCrunch ma’lumotlariga ko‘ra, bu uskuna orqali Xitoy huquqni muhofaza qiluvchi organlari telefonlardagi kontaktlar, xabarlar, suratlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni osonlik bilan qo‘lga kiritishi mumkin. Qurilma asosan hibsga olingan va tergov ostidagi fuqarolarning telefonlariga nisbatan qo‘llanmoqda.
Mutaxassislar bu texnologiya inson huquqlari va shaxsiy daxlsizlikka jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma internetga ulanmagan holda ishlaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefonga ulanadi. Shuningdek, u parollarni emas, balki yuzni aniqlash yoki barmoq izi kabi biometrik himoyani ham chetlab o‘tishga qodir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar