Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 8,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu 1952-yildan buyon ushbu hududda qayd etilgan eng kuchli yer silkinishi hisoblanmoqda.
Zilzilaning epitsentri Kamchatka yarimoroli hududiga to‘g‘ri kelib, kuchli yer silkinishlari nafaqat Rossiya, balki Tinch okeani bo‘ylaridagi boshqa davlatlarga ham xavf tug‘dirmoqda. Siesmologlar bir necha bor takroriy yer silkinishlari — afterschoklar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ushbu kuchli tabiiy ofatdan so‘ng Rossiya hukumati Kuril orollarida sunami xavfini rasman e’lon qildi. Yaponiya tomon esa 3 metr balandlikdagi sunami to‘lqinlari yaqinlashayotgani haqida ogohlantirildi. Shu sababli qirg‘oqbo‘yidagi aholining favqulodda evakuatsiya qilinishi boshlab yuborildi.
Bundan tashqari, AQShning G‘arbiy sohillari — xususan, Alyaska, Kaliforniya va Gavayi orollarida ham sunami xavfiga doir maxsus ogohlantirish berildi. AQShning Milliy okean va atmosfera ma’muriyati (NOAA) ehtimoliy xavfga qarshi ogohlik darajasini oshirdi.
Ayni paytda zilzila oqibatida qurbonlar yoki jiddiy vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq qidiruv va qutqaruv guruhlari tayyor holatga keltirilib, xavfli hududlar ustidan nazorat kuchaytirilgan.
Xalqaro siesmologlar fikricha, bu zilzila “Tinch okeani olov halqasi”da seysmik faollikning kuchayganidan dalolat beradi. Mutasaddilar barcha aholiga hushyorlikni oshirish va favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishni qat’iy tavsiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!