date

Tramp: Rafiqam Putinga nisbatan ijobiy fikrda

Tramp: Rafiqam Putinga nisbatan ijobiy fikrda

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqinda “New York Post” nashriga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro, shuningdek, uning bu masaladagi shaxsiy yondashuvi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu pozitsiyaga uning turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp katta ta’sir ko‘rsatgan.

“Biz Putinni yaxshi bilamiz. Melaniya ham unga nisbatan ijobiy munosabatda. Odamlar bilan til topishish kerak”, — deb aytib o‘tgan Tramp. U rafiqasining dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va betaraf siyosiy nuqtayi nazarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tramp, shuningdek, Melaniyaning Ukraina mojarosi bo‘yicha qon to‘kilishiga qarshi ekanligini va tinchlikni ta’minlash tarafdori ekanligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, rafiqasi har qanday muammoni diplomatik yo‘llar bilan hal qilish tarafdori bo‘lib, uning fikrlari siyosiy qarorlarni qabul qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari esa Trampning Rossiya bilan aloqalardagi yondashuviga aynan Melaniya ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlamoqda. Bu AQSH siyosiy sahnasida birinchi xonimning davlat siyosatga ta’sirini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Rafiqam Putinga nisbatan ijobiy fikrda