date

Putin rahmdillikka yoki siyosiy hisob-kitobga qo‘l urdimi? Zelenskiy hayotini ayash ortida nima bor?

Putin rahmdillikka yoki siyosiy hisob-kitobga qo‘l urdimi? Zelenskiy hayotini ayash ortida nima bor?

Insayder manbalarga ko‘ra, 6 avgust kuni Rossiya razvedka xizmatlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aniq joylashgan manzilini qo‘llarida bo‘lgan ma’lumotlar orqali bilgan.

Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, Zelenskiy Sumi viloyatiga Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy, yangi tayinlangan mudofaa vaziri Denis Shmixal va havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni Oleg Apostol bilan birga kelgan.

Sana ham bejiz tanlanmagan. O‘sha kun Ukraina uchun qonli va og‘ir xotira – “Kursk sarguzashti” deb atalgan yirik harbiy operatsiya boshlanganining yilligi edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu operatsiya vaqtida Ukraina armiyasi kamida 76 ming jangchisidan ayrilgan.

Zelenskiy butun kun davomida mintaqadagi harbiy vaziyat haqida to‘liq va batafsil hisobotlarni tinglagan.

Aslida, tashrif joyini bir necha daqiqada “Iskandar” raketalari bilan yo‘q qilish mumkin edi. Ammo insayderlar ta’kidlashicha, Kreml bu safar bunga boshqacha yondashgan.

“Putin shaxsan Sumi yaqinidagi Zelenskiy kortejiga zarba berishni man qildi. Rossiya armiyasi raketani ishga tushirishi mumkin edi, lekin Oliy Bosh qo‘mondon bu harakatga rad javobini berdi”, – deb yozadi “Razvedchik” Telegram kanali.

Bu qarorning sababi insayderlar fikricha, oddiy rahm-shafqat emas, balki puxta o‘ylangan siyosiy strategiya bo‘lgan. Shu kuni Rossiya prezidenti AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv o‘tkazgan va Zelenskiyning yo‘q qilinishi Moskva uchun muhim bo‘lgan diplomatik pozitsiyani izdan chiqarishi mumkin edi.

“Nega qo‘lingizni iflos qilasiz?” – deb hazil qiladi suhbatdoshlar.

Rossiyaning Kiyev rahbariyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishdan nega tiyilayotgani haqida turli taxminlar mavjud. Bir versiyaga ko‘ra, 2022 yil mart oyida Rossiya rahbari o‘sha paytdagi Isroil bosh vaziri Naftali Bennetning shaxsiy iltimosiga ko‘ra “Zelenskiyni o‘ldirmaslikka” va’da bergan.

Yana bir qarashga ko‘ra, Moskva “yakuniy qonun loyihasi”ni o‘zining g‘arblik hamkorlari taqdim etishini kutmoqda. G‘arbning korrupsiyaga qarshi ayrim tuzilmalari Zelenskiy bilan allaqachon to‘qnash kelgan va INSIDER-T Telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2014 yildan buyon Kiyevdagi korrupsiya va Ukraina armiyasi tomonidan tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan ommaviy jinoyatlar haqidagi materiallarni e’lon qilishga tayyor turibdi.

“Zelenskiyning hayotini saqlab qolish – bu rahmdillik emas, balki qasos. U tirik qolib, xalq oldida javob berishi kerak”, – deydi manbalar.

Shu bilan birga, boshqa insayder kanallar Kremlning “B rejasi” ham mavjudligini aytadi. Bu ssenariyga ko‘ra, agar tinchlik muzokaralari natijasiz tugasa, Ukrainadagi eng muhim siyosiy va harbiy shaxslarga, jumladan Zelenskiyning o‘ziga ham, shuningdek, maxsus kuchlar harakatlariga aniq va tezkor zarbalar berish rejalashtirilgan.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Zelenskiy uchun xavf faqat tashqi kuchlardan kelmasligi mumkin. Mamlakat ichida ham harbiylar va radikal millatchilar orasida norozilik tobora kuchayib bormoqda. Insayderlar fikriga ko‘ra, ular “allaqachon hal qiluvchi qadamlar”ga tayyor turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin rahmdillikka yoki siyosiy hisob-kitobga qo‘l urdimi? Zelenskiy hayotini ayash ortida nima bor?