date

G‘azodan Italiyaga olib chiqilgan 20 yoshli ayol ocharchilikdan vafot etdi

G‘azodan Italiyaga olib chiqilgan 20 yoshli ayol ocharchilikdan vafot etdi

G‘azoda insonparvarlik inqirozi tobora og‘irlashmoqda. Chorshanba kuni kechasi Italiya hukumati tashabbusi bilan Piza shahriga evakuatsiya qilingan 20 yoshli Mara Abu Zuhri shifoxonaga yotqizilganidan 48 soat o‘tmay vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh qiz Italiyaga onalik hamrohligida kelgan va Piza universiteti klinikasida davolanayotgan paytda yurak xuruji sababli hayotini yo‘qotgan. Shifokorlar uning tana og‘irligi va mushak massasi keskin yo‘qolganini, uzoq vaqt davomida yetarli ovqatlanmaganini qayd etgan.

BMT esa G‘azodagi vaziyat yuzasidan jiddiy ogohlantirish bermoqda. Ekspertlar hisobotlarida hududda ocharchilikning «eng yomon ssenariysi» amalga oshirilayotgani ta’kidlanmoqda. Biroq Isroil hukumati bu iddaolarni rad etib, gumanitar yordamni yetkazib berishda BMT agentliklarini ayblamoqda.

Italiya hozirgacha G‘azodan 180 dan ortiq bolalar va kattalarni qabul qildi. Ular orasida og‘ir jarohatlar, tug‘ma kasalliklar yoki amputatsiyalardan aziyat chekuvchilar bor. Shu haftada yana 31 nafar bemor va ularning hamrohlari Rim, Milan va Pizaga joylashtirilgan.

Shu bilan birga, Britaniya parlamenti vakillari ham hukumatni zudlik bilan G‘azodan bolalar va yaradorlarni evakuatsiya qilish dasturini amalga oshirishga chaqirdi. Ularning aytishicha, bu borada kechiktirish inson hayoti uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Hozirda Isroil G‘azo shahridagi aholini «xavfsiz hududlar»ga ko‘chirish rejasini boshlaganini ma’lum qildi. Biroq muntazam havo hujumlari, artilleriya zarbalari va kuchli bombardimonlar tufayli, ayniqsa Zaytun tumanidagi ahvol «halokatli» darajaga yetgani aytilayapti.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi zarbalar natijasida kamida 36 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, yana 11 nafar inson ocharchilikdan hayotidan ayrilgan.

Isroil harbiylari esa «tinch aholi orasida qurbonlarni kamaytirishga intilayotgani»ni ta’kidlab, Hamas nazoratidagi manbalar bergan raqamlarning ishonchliligiga shubha bilan qaraydi. Shu bilan birga, ular gumanitar inqiroz uchun javobgarlikni Hamas harakati zimmasiga yuklamoqda.

Mutaxassislar esa bu kabi fojeali voqealar G‘azodagi ahvol qanchalik og‘ir va halokatli ekanini yana bir bor ko‘rsatayotganini aytishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azodan Italiyaga olib chiqilgan 20 yoshli ayol ocharchilikdan vafot etdi