Qirg‘izistonda ikki eronlik alpinistni qidirish to‘xtatildi

1 daqiqa o'qish1.3K
Qirg‘izistonda ikki eronlik alpinistni qidirish to‘xtatildi

Qirg‘izistonda Pik Pobeda’da yo‘qolgan ikki eronlik alpinistni qidirish ishlari to‘xtatildi, deb News.ru xabar berdi. Respublika FVV ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv hududida ob-havo sharoiti juda og‘ir.

Barcha qidiruv ishlari to‘xtatilgan, bu yil ular qayta tiklanishi noma’lum.

Eronlik alpinistlar Maryam Pilehvari va Hasan Seyfollah avgust boshida Pik Pobeda cho‘qqisiga chiqish uchun kelgan edi. Ular oxirgi marta qariyb ikki hafta oldin aloqaga chiqqan. Taxminlarga ko‘ra, ular halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsyna 12 avgust kuni Pik Pobeda’da oyog‘i sinib qolgan edi. Uning qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Shuningdek, uni ikki marta qutqarishga harakat qilgan italiyalik alpinist vafot etdi. U 6,8 ming metr balandlikda o‘zini yomon his qilgan. Shifokorlar bilan radiobog‘lanishda unda miya shishi alomatlari aniqlangan, biroq uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?