1 sentabrdan Latviyaga deklaratsiyasiz kirish mumkin bo‘lmaydi

1 daqiqa o'qish543
1 sentabrdan Latviyaga deklaratsiyasiz kirish mumkin bo‘lmaydi

1 sentabrdan Latviyaga elektron deklaratsiyasiz kirish mumkin bo‘lmaydi, deb Kursiv xabar berdi.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Latviya safarlari uchun uchinchi davlat fuqarolari uchun yangi qoidalar kuchga kiradi. Milliy viza yoki yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘zbekistonliklar eta.gov.lv saytida oldindan elektron deklaratsiya to‘ldirishi shart bo‘ladi.

Anketa kamida 48 soat oldin yuborilishi kerak. Tasdiq xati elektron pochta orqali yuboriladi va chegaradan o‘tishda taqdim etiladi.

Qoidalar kimlarga tegishli
Yangi tartib aksariyat xorijiy fuqarolarga taalluqli. Faqat YeI, NATO, YeOII, OECD, Shveytsariya va Braziliya fuqarolari bundan mustasno — ularga deklaratsiya shart emas.

Talabga rioya qilmaslik oqibatlari
Latviyaga kirishga ruxsat berilmasligi mumkin.
Shuningdek, 2000 yevrogacha (taxminan 27 mln so‘m) jarima solinishi mumkin.
Kelajakdagi safarlarga cheklovlar qo‘yilishi mumkin.

Qanday to‘ldiriladi
eta.gov.lv saytiga kiriladi
Elektron deklaratsiya to‘ldiriladi
Tasdiq xati e-mail orqali olinadi va chegarada ko‘rsatiladi

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?