Xitoy olimlari tana issiqligidan energiya oladigan material yaratdi

1 daqiqa o'qish207
Xitoy olimlari tana issiqligidan energiya oladigan material yaratdi

Inson organizmining imkoniyatlari hali to‘liq kashf etilmaganiga yana bir dalil paydo bo‘ldi. Xitoylik olimlar inson tanasidan chiqadigan issiqlikdan elektr energiyasini olish imkonini beruvchi yangi texnologiyani namoyish etdi. Bu haqida “South China Morning Post” nashri ma’lum qildi.

Mutaxassislar “termoelektr kauchuk” deb nomlangan elastik materialni yaratishdi. U yarimo‘tkazgichli polimer va kauchuk asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, inson tanasi haroratini elektr quvvatiga aylantiradi.

Olimlarning fikricha, bu material yaqin kelajakda hayotimizda katta o‘zgarishlar yasashi mumkin. Masalan, aqlli soat yoki quloqchinlarni maxsus rozetkasiz, faqat tana issiqligi orqali zaryadlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, elektr tarmog‘i mavjud bo‘lmagan sharoitlarda telefon yoki boshqa gadjetlarni quvvatlantirishda qo‘l kelishi ehtimol qilinmoqda.

Texnologiyaning qo‘llanish sohasi faqat shu bilan chegaralanmaydi. Olimlar kelgusida mazkur materialni “aqlli kiyimlar”ga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bunday kiyimlar nafaqat gadjetlarni quvvatlaydi, balki inson tanasi haroratini ham muvofiqlashtirishga yordam berishi mumkin.

Qizig‘i, materialga turli sensorlarni joylash imkoni ham bor. Buning natijasida u bosimni o‘lchash, kimyoviy moddalar tarkibini aniqlash yoki nafas olish jarayonini kuzatish kabi vazifalarni bajaradi. Mutaxassislar aytishicha, bunday sensorlar nafaqat salomatlik monitoringida, balki viruslarni aniqlash yoki o‘pka saratoni tashxisida ham qo‘llanishi mumkin.

Xitoy tadqiqotchilari ta’kidlashicha, bu material asosida yaqin kelajakda aqlli niqoblar ham ishlab chiqilishi mumkin. Ular insonning nafas olish tizimini kuzatish bilan birga, turli kasalliklarni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi.

Shu tariqa, “termoelektr kauchuk” nomli ushbu kashfiyot energiya manbalariga yangi qarash olib kirishi va sog‘liqni saqlash sohasida ham yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?