Saraton tadqiqotlariga eng ko‘p mablag‘ ajratgan davlatlar

1 daqiqa o'qish285
Saraton tadqiqotlariga eng ko‘p mablag‘ ajratgan davlatlar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har oltita o‘limdan biri saraton kasalligi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois bu xastalikni chuqur o‘rganish, uning sabablarini tahlil qilish va erta aniqlash bo‘yicha yirik loyihalarga katta mablag‘ yo‘naltirilmoqda, deb yozdi “The Lancet Oncology” nashri.

Tahlillarga ko‘ra, 2016–2023 yillar oralig‘ida butun dunyoda saraton kasalliklarini o‘rganish uchun jami 51,4 milliard yevro qiymatidagi 108 mingta grant ajratilgan. Unda davlat mablag‘lari va xayriya tashkilotlarining hissasi inobatga olingan, ammo xususiy sektor sarf-xarajatlari hisobga olinmagan.

Qaysi davlatlar yetakchi?

AQSH — global mablag‘larning 57 foizi (25,2 mlrd yevro)
Yevropa Ittifoqi davlatlari — 16,8 foiz (7,4 mlrd yevro)
Buyuk Britaniya — 11,1 foiz (4,9 mlrd yevro)
Yaponiya — 3,6 foiz (1,6 mlrd yevro)
Avstraliya — 2,9 foiz (1,3 mlrd yevro)
Kanada va Xitoy — 2,6 foizdan (1,3 mlrd yevro)

Aniqlanishicha, AQSH saraton tadqiqotlariga eng ko‘p mablag‘ yo‘naltirib kelayotgan yagona mamlakat sifatida yetakchilikni saqlab turibdi. Biroq, Yevropa davlatlari ham milliardlab yevro ajratib, bu yo‘nalishda salmoqli hissa qo‘shgan.

Qashshoq mamlakatlar nega ortda qolmoqda?

Tadqiqotga ko‘ra, ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi boy davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi va ularning katta qismi o‘z ichki loyihalariga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlar bu yo‘nalishga atigi 48,4 million yevro ajratgan xolos.

Qaysi sohalarga ko‘proq mablag‘ ketmoqda?

Ajratilgan mablag‘larning 76 foizi laboratoriya tadqiqotlariga sarflangan. Ayniqsa, ko‘krak bezi saratoni va qon saratoni kabi ko‘p tarqalgan turlarni o‘rganish, shuningdek klinik sinovlarni moliyalashtirish alohida ustuvorlikka ega bo‘lgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday yirik sarmoyalar nafaqat yangi dorilar yaratish, balki kasallikni erta aniqlash va uning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?