“Burning Man”da kutilmagan holda chaqaloq dunyoga keldi

1 daqiqa o'qish2.8K
“Burning Man”da kutilmagan holda chaqaloq dunyoga keldi

AQSHning Nevada cho‘lidagi mashhur “Burning Man” festivalida noodatiy voqea sodir bo‘ldi — yosh oila o‘zlarining treylerida kutilmagan tarzda qiz farzandli bo‘ldi. Ayol hatto homiladorligini ham bilmagan. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.

Kayla Tompson ismli festival ishtirokchisi jurnalistlarga 27 avgust kuni eri bilan treylerda tunab qolganini aytgan. Kutilmaganda qattiq og‘riq sezilgan va oradan ko‘p o‘tmay u hammomda 1,6 kilogramm vaznli qizaloqni dunyoga keltirgan.

Kaylaning ta’kidlashicha, homiladorlik davomida u hech qanday “homiladorlik belgilar”ni sezmagan va hatto farzand ko‘rish haqida o‘ylashmagan ham.

Tug‘ruqdan so‘ng er yordam so‘rab yugurib chiqqan va festival qatnashchilari orasidan hamshira-doya, pediatr va ginekologni topishga muvaffaq bo‘lgan. Ular birinchi yordam ko‘rsatishganidan keyin ona-bola dastlab festivalning tibbiy markaziga, so‘ngra Renodagi shifoxonaga olib ketilgan. Qizaloq vertolyotda, onasi esa mashinada yuborilgan — er-xotin bu qarorni “eng og‘ir lahzalardan biri” deb eslashdi.

Kaylaning aytishicha, shifoxonadagi hamshiralar ham unga “tug‘ruq qilgan ayolga o‘xshamaysan” deb hazillashishgan.

Festival tashkilotchilari esa Tompsonlar oilasini tabriklab, bayonot berishdi:

“Shamol, jazirama va qum bo‘ronlariga qaramay, ular Qora Rok Sitida yangi hayotga yo‘l ochishdi. 'Burning Man'da nishonlaydigan eng muhim qadriyatlarimiz — hayot, aloqa, o‘zgarish va quvonchdir”.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?