Rossiya ilk bor AQSHga tuxum yetkazib berdi

1 daqiqa o'qish452
Rossiya ilk bor AQSHga tuxum yetkazib berdi

Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida savdoda kutilmagan yo‘nalish qayd etildi. 2025 yil iyul oyida Rossiya tarixda ilk bor AQSHga tovuq tuxumlari yetkazib berdi. Bu haqida Amerika statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan 455 ming dollarlik tuxum xarid qilgan. Iyul oyi davomida AQSH jami 16,5 million dollarlik tuxum import qilgan bo‘lib, Rossiya shu yo‘nalishda yangi yetkazib beruvchi sifatida ro‘yxatga kirdi.

Tuxum yetkazib beruvchi davlatlar orasida Braziliya 8,8 million dollarlik mahsulot bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Meksika (3,9 million dollar) va Hindiston (933 ming dollar) qayd etilgan. Shuningdek, AQSH iyul oyida ilk bor Saudiya Arabistonidan ham tuxum import qilib, 518 ming dollarlik xaridni amalga oshirdi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, AQSHda so‘nggi oylarda parranda grippi keng tarqalishi mahalliy bozorda tuxum yetishmovchiligiga olib kelgan. Natijada tuxum narxlari o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, parranda grippiga chalingan qushlardan olingan test ijobiy chiqsa, ular ommaviy ravishda yo‘q qilinayotgani ta’kidlanmoqda. Bu chora kasallik tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiyaning AQSHga tuxum yetkazib berishi mamlakat uchun yangi bozor eshiklarini ochishi mumkin. Shu bilan birga, bu holat ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari turli yo‘nalishlarda kengayishi ehtimolidan ham darak beradi.

Tuxum kabi kundalik ehtiyoj mahsulotining global bozorda bu qadar dolzarb ahamiyat kasb etishi esa yana bir bor oziq-ovqat xavfsizligi qay darajada muhim ekanini ko‘rsatib berdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?