Har yili havo ifloslanishi millionlab odam umrini olyapti

1 daqiqa o'qish143
Har yili havo ifloslanishi millionlab odam umrini olyapti

Jahon meteorologiya tashkiloti e’lon qilgan so‘nggi tadqiqot butun insoniyat uchun tashvishli xulosani ochib berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar har kuni ifloslangan havodan nafas olmoqda va bu jarayon har yili 4,5 milliondan ziyod insonning erta vafot etishiga olib kelmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, havo ifloslanishining asosiy manbalaridan biri – o‘rmon yong‘inlari. Ulardan chiqqan tutun zarrachalari yuzlab va minglab kilometr uzoqlikka tarqalib, nafaqat mahalliy muhitni, balki butun qit’alarni zaharlamoqda.

Tadqiqot qatnashchilaridan biri shunday deydi:
“Pireney yarim orolidagi yong‘inlar rekord darajada avj olgan mavsumda tutun G‘arbiy Yevropaga yetib bordi va butun qit’ani qamrab olishi mumkinligi kuzatildi.”

Hisobotda 2024 yilda havo sifati keskin yomonlashgan hududlar alohida qayd etilgan. Jumladan, Chili, Braziliya, Ekvador, Kanada, Markaziy Afrika va Sibir mintaqalarida PM 2.5 zarrachalari me’yordan ancha yuqori darajada qayd etilgan.

Biroq ayrim hududlarda ijobiy o‘zgarishlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, Sharqiy Xitoy va Yevropaning bir qismida chiqindilar sezilarli darajada kamaygan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu davlat va shaharlar darajasida ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlar samarasi hisoblanadi. Masalan, Shanxay shahrida yangi bog‘lar barpo etilishi, daraxtlar ekilishi havo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, avtomobil harakati juda yuqori bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda elektrda ishlaydigan mashinalar ulushi ortgani qayd etilgan.

Mutaxassislar fikricha, oltingugurt dioksidi va azot oksidlari kabi asosiy ifloslantiruvchi moddalar qat’iy nazorat choralari sabab kamaymoqda. Biroq yer yuzasidagi ozon — smogning asosiy tarkibiy qismi — hali ham yuqori darajada saqlanib turibdi.

Olimlar davlatlarni yana bir bor hushyorlikka chaqirmoqda: havo ifloslanishi bilan kurashish insoniyat salomatligi, tabiat va kelajak avlodlar taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?