date

Makron siyosatiga qarshi namoyishlarda yuzlab odam hibsga olindi

Makron siyosatiga qarshi namoyishlarda yuzlab odam hibsga olindi

Fransiyada prezident Emmanuel Makronning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati keng jamoatchilik orasida katta bahs va norozilik keltirib chiqardi. Mamlakatning bir qator yirik shaharlarida ommaviy namoyishlar avj oldi.

“Hammasini to‘xtat” shiori bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chaqiriqlar natijasida Parij, Lion, Renn va yana ko‘plab shaharlarda yuzlab insonlar ko‘chalarga chiqdi. Namoyishchilar asosiy yo‘llarni to‘sish, jamoat transporti qatnovini izdan chiqarish orqali o‘z noroziliklarini ifoda etdi.

Renn shahrida vaziyat keskin tus oldi. Aylanma yo‘llarda barrikadalar qurilib, ular yoqib yuborildi. Shaharning ayrim joylarida esa avtobusga olov qo‘yilgani qayd etildi. Lionda esa chiqindilar qutisi tramvay yo‘llariga ag‘darilib, yoqib yuborilgan.

Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat miqyosida kamida 85 kishi hibsga olindi. Ularning aksariyati Parijda — 75 nafar insondan iborat. Tartibsizliklarni bartaraf etish jarayonida xavfsizlik kuchlari ayrim hollarda ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lgan.

Namoyishchilar asosan ish o‘rinlari, ijtimoiy ta’minot va turmush darajasiga bog‘liq siyosatdan norozi ekanliklarini bildirishmoqda. Aytishlaricha, hukumat tomonidan qabul qilinayotgan islohotlar oddiy aholi turmushiga og‘irlik qilib, iqtisodiy tanglikni kuchaytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron siyosatiga qarshi namoyishlarda yuzlab odam hibsga olindi