JONY ismini o‘zgartirdimi? Internetda paydo bo‘lgan "pasport" surati muxlislarni hayron qoldirdi

JONY ismini o‘zgartirdimi? Internetda paydo bo‘lgan "pasport" surati muxlislarni hayron qoldirdi

JONY atrofida yana bir sirli vaziyat yuzaga keldi. Internetda xonandaning go‘yoki pasporti aks etgan surat tarqalib, unda uning ismi Massimo Torricelli deb ko‘rsatilgani muxlislar orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi.

Suratga qaraganda, u haqiqiy pasportdan ko‘ra Photoshop orqali o‘zgartirilgan montajga ko‘proq o‘xshaydi. Shu sababli JONY haqiqatan ham ismini o‘zgartirgani haqida hozircha aniq xulosa qilishga asos yo‘q.

"Massimo Torricelli" — hozircha internetda tarqalgan suratdagi ism, xolos.

Massimo Torricelli ismli shaxsga tegishli Rossiya Federatsiyasi pasporti.

Ammo nega aynan shu ism?

Qiziq jihati shundaki, surat JONY atrofidagi so‘nggi voqealar fonida paydo bo‘ldi. Shu bois ayrim muxlislar buni shunchaki hazil yoki montaj emas, balki xonandaning bo‘lajak loyihasiga ishora — tizer bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar