11 yoshli bola 14 soatlik darsdan so‘ng kasalxonaga yotqizildi

1 daqiqa o'qish1.2K
11 yoshli bola 14 soatlik darsdan so‘ng kasalxonaga yotqizildi

Xitoyning Xunan provinsiyasida 11 yoshli maktab o‘quvchisi uy vazifalarini ortiqcha darajada bajarishga harakat qilib, salomatligiga jiddiy shikast yetkazdi, deb xabar berdi mahalliy OAVlar.

Ma’lum qilinishicha, 26 avgust kuni Lyan Lyan ismli bola ertalab soat 08:00 dan kechki 22:00 gacha uzluksiz dars tayyorlash bilan shug‘ullangan. O‘quvchi bir kunda barcha yozgi vazifalarini tugatishga uringan. Bir necha soat o‘tgach, unda bosh aylanishi, qo‘l-oyoqlarda karaxtlik, bosh og‘rig‘i va nafas qisilishi kabi belgilari paydo bo‘lgan.

Ota-onasi uni zudlik bilan shifokorga olib borgan. Mutaxassislar unga giperventilyatsiya sindromi tashxisini qo‘yishgan. Ushbu holat o‘quvchida tanafaffussiz fikriy va hissiy zo‘riqish natijasida yuzaga kelgan.

Bolaga maxsus nafas olish niqobi taqilgan va qisqa muddat ichida uning ahvoli barqarorlashgan. Shifokorlar bu kabi holatlar ko‘pincha ota-onalar bosimi, imtihonlardan oldingi xavotir, yoki gadjetlardan uzoq vaqt foydalanish bilan bog‘liqligini ta’kidlashmoqda.

Giperventilyatsiya sindromi nafaqat nafas olishda qiyinchilik, balki mushaklar tortishi, yurak urishining kuchayishi va hatto hayot uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Avgust oyi davomida Xunan provinsiyasida aynan shu belgilari bilan tez tibbiy yordamga 30 dan ziyod bola murojaat qilgani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oylarga nisbatan 10 barobar yuqori ekani aytilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?