date

Hollandiyada daraxt tanasi sevimli kutubxonaga aylandi

Hollandiyada daraxt tanasi sevimli kutubxonaga aylandi

Gollandiyaning tinch va oromli Ruurlo qishlog‘ida noodatiy tashabbus amalga oshirildi. Bir necha asrlardan buyon qishloq ahli uchun tarixiy timsol bo‘lib kelgan kashtan daraxti qurishni boshladi. Avvalboshda aholi uni kesib tashlash haqida o‘yladi, chunki qurigan daraxtdan foyda bo‘lmas, degan fikrlar aytildi. Ammo mahalliy duradgor Rene Bruns bu holatga boshqacha yondashdi.

Uning g‘oyasi shundan iborat bo‘ldiki, qo‘ni-qo‘shnilar uchun xizmat qiladigan jamoaviy kutubxona yaratish mumkin edi. Shu maqsadda u daraxt tanasini qayta ishlab, unga ikkinchi hayot baxsh etdi. Bruns bir necha kichik bo‘lmachalar yasab, ularni suvga chidamli shisha eshikchalar bilan yopdi va apelsin rangga bo‘yab, ajoyib ko‘rinish berdi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun u deyarli uch oy vaqt sarfladi. Mehnatning samarasi esa qishloq ahlini quvontirdi — yangicha shakldagi “ochiq osmon ostidagi kutubxona” o‘z faoliyatini boshladi.

Qo‘shnilar o‘z uylaridan turli kitoblar, bolalar uchun asarlar, qo‘llanmalar va hikoyalarni olib kelishib, kutubxona javonlarini to‘ldirishdi. Bu tashabbus nafaqat yoshlar, balki kattalar uchun ham ma’naviy hordiq chiqarish, bilim olish va qishloq ahli bilan muloqot qilish maskaniga aylandi.

Ayni paytda Ruurlodagi ushbu daraxt kutubxonasi qishloqning eng sevimli joylaridan biri bo‘lib qoldi. U nafaqat kitobxonlikni rivojlantirishga, balki atrof-muhitni asrab-avaylash va ijtimoiy hamjihatlikka xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hollandiyada daraxt tanasi sevimli kutubxonaga aylandi