date

Tramp xorijliklar uchun viza to‘lovini 500 baravarga oshirdi

Tramp xorijliklar uchun viza to‘lovini 500 baravarga oshirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp ishchi vizalariga oid yangi qoida joriy etish haqida farmon imzoladi. Reuters agentligining ma’lumot berishicha, yangi tartibga ko‘ra, xorijiy malakali mutaxassislar uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan H-1B ish vizasini rasmiylashtirishda kompaniyalardan endilikda 100 ming AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi. Bu esa hozirgi amal qiluvchi to‘lovlardan qariyb 500 baravar ko‘proqdir.

Mazkur qaror ayniqsa AQSH texnologiya sohasi uchun jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Chunki mamlakatdagi yirik IT kompaniyalar ko‘pincha Hindiston va Xitoydan keladigan malakali mutaxassislarga tayanadi. Yangi tartib esa mazkur kadrlar oqimini keskin qisqartirishi ehtimol qilinayotgani qayd etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH har yili taxminan 85 ming atrofida H-1B vizasi ajratadi. Bu vizalar asosan yuqori darajadagi IT mutaxassislari, muhandislar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. To‘lovlarning shunday miqdorda oshirilishi esa katta korporatsiyalar uchun qo‘shimcha yuk bo‘lib, ayniqsa startaplar va kichik bizneslar uchun xorijlik kadrlarni yollash imkoniyatini keskin cheklashi mumkin.

AQSH hukumati bu qarorni milliy mehnat bozorini himoya qilish va amerikalik mutaxassislar uchun ish o‘rinlarini ustuvor qilish maqsadi bilan izohlamoqda. Biroq katta texnologiya kompaniyalari, xalqaro biznes va ekspertlar bu g‘oyani keskin bahs-munozara bilan qarshi oldi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu qadam Amerika iqtisodiyotiga ikki xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin: bir tomondan mahalliy mutaxassislarning imkoniyatlari oshishi mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan yirik IT korporatsiyalariga raqobatbardoshlik va innovatsiya sohasida jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp xorijliklar uchun viza to‘lovini 500 baravarga oshirdi