date

Tramp bortidagi vertolyotga lazerli hujum urinishi

Tramp bortidagi vertolyotga lazerli hujum urinishi

Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Tramp bo‘lgan Marine One vertolyotiga lazer qurilmasi yordamida hujum urinishi amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

NBC News sud hujjatlariga tayanib xabar berishicha, hodisa shanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Maxfiy xizmat xodimi Diyego Santyago Konstitutsiya xiyobonida prezident bortiga shubhali ravishda qarab turgan shaxsni ko‘rib qolgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Santyago qo‘lidagi qizil nur tarqatuvchi lazer ko‘rsatkichini Marine One yo‘nalishiga qaratgan. Keyin esa u qurilmani vertolyotni boshqarayotgan uchuvchi Jeykob Semyuel Uinklerga yo‘naltirgani qayd etilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp bortidagi vertolyotga lazerli hujum urinishi