Yaponiya maktablarida qog‘oz darsliklar o‘rniga raqamli tizim joriy etiladi

1 daqiqa o'qish242
Yaponiya maktablarida qog‘oz darsliklar o‘rniga raqamli tizim joriy etiladi

Yaponiya hukumati yaqin yillarda maktablardagi an’anaviy qog‘oz darsliklardan butunlay voz kechish va ta’lim jarayonini to‘liq raqamlashtirishni maqsad qilmoqda. 24 sentyabr kuni e’lon qilingan qarorga ko‘ra, 2030 moliyaviy yildan boshlab davlat boshlang‘ich maktablarida darsliklar faqat raqamli shaklda qo‘llaniladi. Bu haqda “Kyodo News” xabar berdi.

Yapon ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirish mahalliy ta’lim kengashlariga faqat raqamli darsliklarni qabul qilish, ularni qog‘oz darsliklar bilan qo‘shib qo‘llash yoki an’anaviy qog‘oz darsliklarga orqali “yopishib olish” imkoniyatlarini berishi ko‘zda tutilgan.

Ta’lim bo‘yicha Markaziy Kengashning fikriga ko‘ra, bu harakat talabalar uchun darslik tanlash imkoniyatini kengaytirib, jamiyatning tobora raqamlashgan tabiatiga mos keladigan o‘rganishni osonlashtiradi va yangi, interaktiv va ijodiy ta’lim usullarini yaratishga yordam beradi. Shu bilan birga, ayrim ekspertlar raqamli darsliklardan foydalanish o‘qituvchilar va nashriyotchilarga qo‘shimcha yuk solishi hamda o‘quvchilarning ko‘rish qobiliyati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Yangi tizimda darsliklardagi QR-kodlar orqali raqamli darslik va o‘quv qo‘llanmalariga kirish imkoni bo‘ladi. Ishchi guruh kontent sifatini ta’minlash va har bir fan uchun maxsus ko‘rsatmalar tayyorlashga harakat qiladi. Vazirlik sinflarda raqamli materiallardan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va qo‘llanmalarni yaratishni rejalashtirmoqda.

Yaponiyada raqamli darsliklar allaqachon qo‘llanib kelmoqda, lekin ular “muqobil o‘quv qo‘llanmalari” sifatida qaralib, hukumatning alohida ruxsatini talab qilmaydi. Yangi tizim esa an’anaviy darsliklardan to‘liq raqamli transformatsiyaga qadam qo‘yish va ta’lim jarayonini innovatsion usullarda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?