date

Kim Chen In Pxenyan shifoxonasidagi kechikishdan norozi bo‘ldi

Kim Chen In Pxenyan shifoxonasidagi kechikishdan norozi bo‘ldi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan umumiy shifoxonasi qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi. U holatdan qattiq norozi bo‘lib, loyihaga mas’ul amaldorlarni keskin tanqid qildi, deb xabar berdi Koreya markaziy axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, shifoxona qurilishi bir yarim yildan beri cho‘zilib kelmoqda. Kim Chen Inning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasi rahbarlari va qurilish shtabidagi yuqori lavozimli amaldorlar ambitsiyalar va noto‘g‘ri boshqaruv tufayli ma’muriy ishlarda tartibsizlikka yo‘l qo‘yishgan.

Shuningdek, u amaldorlarni davlat moliyaviy intizomiga e’tibor bermaganlikda aybladi. Ular budjet tasdiqlanmasdan qurilish ishlarini boshlab, katta yo‘qotishlarga sababchi bo‘lgan va loyihaning muddati kechikkan.

Kim Chen In amaldorlarni intizomsizlik va siyosiy yetilmaganlikda ham qoraladi. Biroq, u bajarilgan ishlar sifatini yuqori baholab, shifoxonaning arxitektura uslubi va funksionalligiga ijobiy munosabat bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Pxenyan shifoxonasidagi kechikishdan norozi bo‘ldi