1 oktyabrdan Toshkentda yo‘l haqi qimmatlashi mumkin

Toshkentda avtobus va metro orqali harakatlanish uchun yo‘l haqini oshirish taklif etilmoqda. Yangi tarifga ko‘ra, 1 oktyabrdan elektron to‘lov orqali bir marta yo‘l haqi 1700 so‘mdan 2500 so‘mga ko‘tarilishi mumkin.
Nag‘d pul orqali to‘lov qiymatini esa amaldagi 3000 so‘m miqdorida saqlab qolish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, yuk tashish xizmati uchun alohida tarifni 4000 so‘m etib belgilash rejalashtirilgan. Yo‘lovchilar uchun yangi yo‘l chiptalari va boshqa jamoat transportiga o‘tish tariflarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
Hozirda tegishli hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tmoqda. Takliflar va fikrlarni bildirish jarayoni 19 sentyabrga qadar davom etadi.
Agar loyiha tasdiqlansa, yangi tariflar 1 oktyabrdan amalga kiritilishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…