date

Kim Chen In shifoxona qurilishidagi kechikishlar uchun amaldorlarni qattiq tanqid qildi

Kim Chen In shifoxona qurilishidagi kechikishlar uchun amaldorlarni qattiq tanqid qildi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pxenyan umumiy shifoxonasi qurilayotgan maydonga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan shaxsan tanishdi. Bu haqda mamlakatning Koreya markaziy axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, shifoxona qurilishi bir yarim yildan buyon cho‘zilayotgani mamlakat yetakchisining qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatga ayrim yuqori lavozimli amaldorlarning shaxsiy manfaat va ortiqcha da’volari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va qo‘shma qurilish shtabining noto‘g‘ri tashkiliy ishlari sababchi bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, mas’ul shaxslar davlat moliyaviy intizomini mutlaqo e’tiborga olmagan va byudjet rasman tasdiqlanmasdan turib, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini boshlab yuborgan. Bu esa nafaqat katta moddiy yo‘qotishlarga, balki loyihaning belgilangan muddatda yakunlanmasligiga ham olib kelgan. Kim Chen In ularni intizomsizlik va siyosiy yetuklikning yo‘qligida aybladi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya yetakchisi bajarilgan ishlar sifati haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi. U, ayniqsa, shifoxonaning o‘ziga xos me’moriy yechimlari va funksional jihatlarini yuqori baholab, ular mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Kim Chen Inning bu tashrifi yana bir bor Shimoliy Koreyada davlat nazorati va intizom masalasi qay darajada muhim ahamiyat kasb etishini namoyon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In shifoxona qurilishidagi kechikishlar uchun amaldorlarni qattiq tanqid qildi