Afg‘onistonda «Tolibon» harakati 28 sentyabr, yakshanba kuni Amerika fuqarosi Amir Amiriy ozod etilganini ma’lum qildi. Ozod qilingan shaxs AQSH prezidentining garovdagi shaxslar masalalari bo‘yicha vakili Adam Beler qo‘liga topshirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu oy boshlarida Vashington vakillari «Tolibon» bilan ehtimoliy mahbuslar almashinuvi yuzasidan muzokara olib borgan.
Amiriyning qanday sharoitda qo‘lga olingani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Manbalarning ta’kidlashicha, u 2024 yil dekabridan beri saqlanib kelingan. Erkinlikka chiqqanidan so‘ng, Amiriy uyiga yo‘l oldi va Qatar poytaxti Dohada tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio ushbu jarayonda ko‘rsatilgan yordami uchun Qatar hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u prezident Donald Trampning quyidagi so‘zlarini esga oldi: «Birorta amerikalik nohaq ravishda xorijda ushlab turilsa, biz uni uyiga qaytarmaguncha to‘xtamaymiz».
Tolibon ozod etgan amerikalik Amiriy Qatarga yetkazildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar