Mashhur yunon xonandasi Yorgos Mazonakis 54 yoshida vafot etdi

Mashhur yunon xonandasi Yorgos Mazonakis 54 yoshida vafot etdi

Mashhur yunon xonandasi Yorgos Mazonakis 9 sentyabr kuni 54 yoshida vafot etdi. Xonanda Afinadagi xususiy tibbiy muassasada bo‘lgan vaqtida yurak faoliyati to‘xtab qolgan va u tez yordam orqali «Elpis» shifoxonasiga olib borilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Mazonakis rejalashtirilgan plazmaferez muolajasini olish uchun xususiy tibbiy muassasaga borgan. Biroq ushbu muolaja bilan uning o‘limi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri sababiy bog‘liqlik borligi hozircha tasdiqlanmagan.

Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, xonanda 9 sentyabr kuni soat 16:45 da nafas olmayotgan va yurak urishi sezilmayotgan holda olib kelingan. Shifokorlar reanimatsiya choralarini ko‘rgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. O‘lim vaqti 17:40 deb qayd etilgan.

Ayni paytda Afina politsiyasi xonandaning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni tekshirmoqda. Xususiy tibbiy muassasada ishlagan shifokor ham tergov doirasida ko‘rsatma bergan.

Yorgos Mazonakis 1972 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 30 yildan ortiq vaqt davomida Yunoniston musiqa san’atida faoliyat yuritgan. U yunon laikosi janrining eng tanilgan xonandalaridan biri hisoblangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar