Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiya bekor qilinishi mumkin

1 daqiqa o'qish234
Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiya bekor qilinishi mumkin

Rossiyada Liberal-demokratik partiya (LDPR) yetakchisi Leonid Slutsky migrantlarga ijtimoiy pensiya to‘lashni bekor qilishni taklif qildi. Bu haqda u “Gazeta.ru” portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi Kursiv Media.

Slutskyga ko‘ra, mamlakatda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, xususan, harbiy operatsiyalar, demografik inqiroz va byudjet bosimi fonida har bir so‘m muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Bunday vaqtda pensiyalar faqat o‘z fuqarolarimizga berilishi lozim”, – dedi u.

Statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyaga 600 mingga yaqin migrant kelgan bo‘lib, bu so‘nggi 30 yildagi rekord ko‘rsatkichdir.

Agar ushbu taklif qabul qilinsa, bu Rossiya byudjeti va pensiya tizimiga tushayotgan bosimni kamaytirishi mumkin. Hozirgi qonunchilikka ko‘ra, migrantlar Rossiyada kamida 15 yil yashagan bo‘lsalar va pensiya yoshiga yetsalar, ijtimoiy pensiyaga haqlidirlar.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?