Vashington Pekin sarmoyasini muhokama qilmoqda
Xitoy investitsiya evaziga cheklovlarni bekor qilishni xohlamoqda
Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlariga 1 trillion dollar qiymatidagi investitsiya kiritishni taklif qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Pekin bu sarmoya evaziga xitoylik kompaniyalarga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy cheklovlarni bekor qilishni so‘ragan. Vashington hozirda taklif shartlari va sarmoya miqdorini muhokama qilmoqda.
Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati Rossiyadan neft va gaz xarid qilayotgan mamlakatlarga — jumladan, Xitoy, Hindiston va Turkiyaga — nisbatan 100 foizlik ikkilamchi bojlar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Shunga qaramasdan, Tramp hozircha Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga shoshilmayapti, chunki ikki davlat o‘rtasidagi savdo muzokaralari faol bosqichga kirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!