
AQSH Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Florida shtatida istiqomat qiluvchi 29 yoshli Jonatan Rinderknext Los-Anjelesda yanvar oyida ro‘y bergan katta yong‘inni qasddan keltirib chiqarganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Hibs chorasi 8 oktyabr kuni qo‘llanildi.
Tergov versiyasida aytilishicha, Uber haydovchisi sifatida ishlagan Rinderknext 1 yanvar kuni shaharning shimolidagi Pasifik-Palisayds sayyohlik yo‘lagida daraxtlarga o‘t qo‘ygan. Avvaliga olov maydoni kichik bo‘lgan, biroq kuchli shamol sabab olov tez tarqalgan.
Natijada yong‘in taxminan 93 kvadrat kilometr hududni qamrab oldi. Oqibatlar juda og‘ir: Tinch okeani bo‘yi, Malibu atrofi va Santa-Monika tog‘lari zarar ko‘rdi, 12 kishi halok bo‘ldi, 6,800 dan ortiq inshoot vayron bo‘ldi.
Hozir qo‘shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda. Rinderknextga nisbatan ayblovlar sudda ko‘rib chiqiladi, u gunohi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi. Qutqaruv xizmatlari esa hududda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan mavsumda aholini e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.