AQSHning 8 ta shtati OpenAI'ni sudga berdi: ChatGPT'ga qanday ayblovlar qo‘yilmoqda?

AQSHning Ayova, Kanzas, Arizona, Arkanzas, Aydaxo, Montana, Nebraska va G‘arbiy Virjiniya shtatlari OpenAI kompaniyasi ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Shtatlar bosh prokurorlari kompaniyani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunlarini buzishda va ChatGPT xavfsizligi haqida jamoatchilikni chalg‘itishda ayblamoqda.
Da’vogarlar chat-bot faoliyatini o‘zgartirish, foydalanuvchilarni himoya qilish choralarini kuchaytirish va qonunbuzarliklar isbotlansa, moliyaviy tovon to‘lashni talab qilmoqda.
ChatGPT qanday xatti-harakatlarda ayblanmoqda?
Shtatlar da’volarida chat-botning ishlash uslubi, xavfsizlik borasidagi va’dalar va yosh foydalanuvchilarni himoya qilish bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘tarilgan.
Shu bilan birga, keltirilgan holatlar hozircha da’vogarlarning iddaolari hisoblanadi. Kompaniyaning qonunbuzarlik sodir etgani sudda isbotlangani haqida xulosa chiqarish uchun ishning keyingi jarayoni va sud qarorlarini kutish lozim.































Izohlar 0
…