date

Trampga tahdidmi? Aeroport yaqinida snayper minorasi aniqlandi

Trampga tahdidmi? Aeroport yaqinida snayper minorasi aniqlandi

AQSH Maxfiy xizmati Floridada joylashgan Palm-Bich aeroporti yaqinida shubhali snayperlik minorasini aniqladi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, minora Donald Tramp samolyotdan tushishi kutilgan joyga qaratilgan holda o‘rnatilgan bo‘lgan. Topilma Tramp tashrifiga bir kun qolganda aniqlangan.

Federal qidiruv byurosi direktori Kesh Patelning so‘zlariga ko‘ra, hozircha mazkur minoraning qaysi shaxs yoki tashkilotga tegishli ekani ma’lum emas. Tergov harakatlari davom etmoqda.

NBC News manbalarining ta’kidlashicha, snayperlik minorasi aeroport yo‘lining narigi tarafida — xususiy samolyotlar, jumladan Trampning shaxsiy samolyoti turadigan hududga qarshi tomonda joylashgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari hozirda hududni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazmoqda va ehtimoliy xavf manbalarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga tahdidmi? Aeroport yaqinida snayper minorasi aniqlandi