
Qozog‘istonning Olmaota shahrida terrorchilik hujumini tayyorlashda gumon qilingan besh nafar chet el fuqarosi hibsga olindi, deb xabar berdi — mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) axborot xizmati.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gumondorlar terrorchilik hujumini amalga oshirish uchun alohida reja tuzib, uni sentyabr oyida tayyorgarlik bosqichiga olib chiqishgan. KNB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ular faoliyati fosh etilgan va darhol qo‘lga olingan.
Tergov ishlari davom etmoqda. Rasmiylar xavfsizlik sabablari bois tergov tafsilotlarini ochiqlamagan.
Bundan tashqari, sentyabr va oktyabr oylarida terrorizmni targ‘ib qilishda gumon qilingan sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosi ham jinoiy ish doirasida hibsga olingani ma’lum qilingan. Ularning faoliyati ham ekstremistik g‘oyalarni tarqatish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!